» » Jizzaxdagi paypoq ishlab chiqarish sexi davlat manfaatiga salkam 23 million so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Jizzaxdagi paypoq ishlab chiqarish sexi davlat manfaatiga salkam 23 million so‘m zarar yetkazgani aniqlandi


Majburiy ijro byurosi Jizzax shahar bo‘limi xodimlari tomonidan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli sex ko‘zdan kechirilganida, korxona tabiiy gaz tarmog‘iga tegishli xujjatlar rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Oqibatda sex tomonidan gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 22 million 947 ming 860 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Sex mas’ul xodimi Sh.T o‘zining yuqoridagi noqonuniy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 185-moddasi 2-qismidagi jinoyatni sodir etgan.

Ammo, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 185-moddasi 6-qismiga ko‘ra, ya’ni, mazkur huquqbuzar birinchi marta jinoyat sodir etganligi, jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini to‘liq qoplaganligi, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganligi sababli javobgarlikdan ozod etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют