» » Lionel Messi — inglizlar klublarining haqiqiy kushandasi

Lionel Messi — inglizlar klublarining haqiqiy kushandasi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-may kuni bo‘lib o‘tgan “Barselona”—“Liverpul” bellashuvida kataloniyaliklar yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

Ushbu o‘yinda argentinalik hujumchi Lionel Messi dublga erishdi (75 va 82-daqiqalar).

U mazkur musobaqa doirasida ingliz klublariga qarshi kechgan 33 ta o‘yinda umumiy hisobda 26 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi.

Messi “Liverpul” bilan kechgan o‘yinda birinchi marotaba mersisaydliklar davozasiga gol urdi. Avvalroq argentinalik “Arsenal” darvozasiga 9 ta, “Manchester Siti” bilan kechgan o‘yinda 6 ta, “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda 4 ta, “Chelsi” darvozasiga 3 ta va “Tottenhem” darvozasiga 2 ta gol urgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют