» » Massachusets shtatida o‘smir rashk tufayli sinfdoshini so‘yib tashladi

Massachusets shtatida o‘smir rashk tufayli sinfdoshini so‘yib tashladi


Massachusetsda o‘smir sinfdoshini so‘yib tashladi va keyin boshini tanasidan judo qilib, qo‘llarini uzib tashladi, deb xabar berdi Forum Daily.

Jinoyat 2016-yilda sodir etilgan, holat bo‘yicha sud ishi endi o‘tkazilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bularning barchasi rashk tufayli sodir bo‘lgan.

Metyu Borges 2016-yilda o‘rta maktab oshxonasida sevgan qizining Li Manuel Viloria-Paulino bilan o‘tirganini ko‘rib g‘azablandi.

“Ayblanuvchi beshafqat ko‘rinsa-da, u ruhiy tomondan kuchsiz edi. U rashk tufayli sevgan qiziga baqira boshlagan”, — deydi prokuror Jey Gubitos.

15 yoshda bo‘lgan Borges sevgan qiziga quyidagi mazmunda SMS-xabar jo‘natgan: “Men har kuni kimnidir o‘ldirish haqida o‘ylayman va tabassum qilaman... bu men har kuni o‘ylaydigan narsa”.

O‘sha yilning noyabr oyida Borxes Viloriya-Paulinoni o‘ldirishidan bir kun avval rashk tufayli ajrashgan qiziga yana bir SMS-xabar jo‘natgan: “Keyingi safar meni ko‘rganingda ko‘zlarimga qara, ular oxirgi marta shunday, o‘lik bo‘lishi”.

Jabrlanuvchining qo‘shnisi uyiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari o‘smir marhum bilan daryo tomonga ketganini tasvirga olgan. Borxesning aytishicha, ular marhum bilan marixuanna chekkan va u keyin uyiga ketgan.

Biroq kuzatuv kameralarida birozdab keyin to‘rt kishi Viloriya-Paulinonining uyiga qaytib kelib, qo‘llarida narsalar bilan qaytayotgani aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, qotil o‘smirning tanishlari jabrlanuvchining uyini o‘margan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют