» » Samarqanddagi suv omborlarida o‘tgan yilgidan uch baravar ko‘p suv yig‘ildi

Samarqanddagi suv omborlarida o‘tgan yilgidan uch baravar ko‘p suv yig‘ildi


Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oyda yog‘ingarchilik me’yoridan ortiqcha — 60 millimetrni tashkil etdi. O‘tgan yili yil davomida bu ko‘rsatkich atigi 170 millimetrdan iborat edi. Bunday yog‘ingarchilik miqdori 2002, 2009-yillarda ham kuzatilgan. Bunga O‘zbekiston hududida Janubda hosil bo‘lgan nam oqim Rossiyaning Yevropa qismi hududidan kirib kelgan nisbatan sovuq havo oqimi bilan doimiy qo‘shilib turishi sabab bo‘lmoqda, bu haqda Zarnews xabar qiladi.

“Bu yil barakali keldi, mavjud suv havzalari suvga to‘ldi, Bu esa viloyatimizda suv tanqisligi yuzaga kelishining oldini olishda asqotadi. Masalan, Payariq tumanidagi “Qorasuv” suv ombori 26,9 million metr/kub sig‘imiga ega bo‘lib, 8100 gektar yerni sug‘orish imkonini beradi. Hozirgi kunda suv omborida 42,10 million metr/kub suv to‘plangan. O‘tgan yili esa havzada 8,03 million metr/kub suv bor edi, xalos. Yoki Urgut tumanidagi “Qoratepa” suv omborida ayni paytda 17,03 million metr/kub suv jamlangan. Oldingi yilda bu ko‘rsatkich 7,48 million metr/kubdan iborat edi. Bu havza Urgut hamda Samarqand tumanidagi 4,5 ming gektar yerni suv bilan ta’minlaydi. Xuddi shuningdek, Qo‘shrabot tumanidagi “To‘sinsoy”, “Oqchobsoy”, Nurobod tumanidagi “Sobirsoy”, Urgut tumanidagi “Kamongaron” suv havzalarida ham o‘tgan yilga qaraganda ancha ko‘p suv to‘planishi kutilmoqda. Chunki hali yog‘ingarchilik kunlari oldinda turibdi. Shunday qilib, boshqarmamizga qarashli mavjud suv havzalarida hozirga qadar jami 94,6 million metr/kub suv hosil bo‘ldi. O‘tgan yili esa bor-yo‘g‘i 30,1 million metr/kub suv bor edi”, — deydi viloyat suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Azamat Suyunov.

Keyingi paytlarda yuz berayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar, xususan, joylarda sel va do‘l ketishi suv omborlaridagi suv hajmini me’yorda ushlab turishni taqozo etadi. Shuningdek, ayrim tog‘oldi hududlardagi havzalarni sel kelishiga oldindan tayyorlab suv sathini biroz pasaytirib suvni chiqarib turishga to‘g‘ri kelmoqda. Yo‘qsa, oldindan aytib bo‘lmaydigan hollar yuz berishi mumkin. Masalan, “To‘sinsoy”, “Qorasuv” omborlarida bir kechada sekundiga 380—390 metr/kub sel suvi tushishi kuzatildi. Ayni paytda “Qoratepa” hamda “To‘sinsoy” havzalariga tog‘ suvlari tushib turibdi. Galdagi asosiy vazifa Zarafshon daryosi oqimiga qarab zaxira suvini shakllantirishdan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют