» » Shuhrat Teshayev kuchli yog‘ingarchilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ta’siri haqida fikr bildirdi

Shuhrat Teshayev kuchli yog‘ingarchilikning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ta’siri haqida fikr bildirdi


Joriy yil respublikadagi mavjud suv omborlarida yetarlicha suv yig‘ildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Teshayev ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Hozirgi kunda ham suv omborlariga suv yig‘ish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zgidromet markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil mart va aprel oyida respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik miqdori o‘tgan yillarga nisbatan 1,5-2 barobar, ayrim hududlarda 3 barobargacha ko‘p bo‘lganligi sababli bugun tuproqdagi namlik keskin oshib ketdi.

Ob-havo noqulay va seryog‘in kelgan yillarda paxta yetishtirish ancha qiyinlashgan va kutilmagan jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Xususan, namlik me’yoridan yuqori bo‘lgan maydonlarda qatqaloq yuzaga kelishi, g‘o‘za nihollari nimjon unib chiqib, kasalliklarga tez chalinuvchan va zararkunandalarning zararli ta’siri yuqori bo‘lishi kuzatilgan.

Bunday paytlarda dehqonlar va fermerlar g‘o‘za parvarishida har yilgidan ham ko‘proq mas’uliyat bilan ilmiy asoslangan tavsiyalar va ko‘p yillik tajribalarga tayangan holda ish ko‘rishlari kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют