» » O‘zbekistonda fuqarolar o‘zlari yashayotgan hududdagi maktab yoki kasalxona uchun davlat budjeti qancha mablag‘ ajratayotganini kuzata oladi

O‘zbekistonda fuqarolar o‘zlari yashayotgan hududdagi maktab yoki kasalxona uchun davlat budjeti qancha mablag‘ ajratayotganini kuzata oladi


Fuqarolar davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriluvchi o‘zi yashayotgan obyektlarga moliya vazirligi tomonidan qancha mablag‘ ajratilishi bilan qiziqishi tabiiy, deya yozadi O‘zA.

Shuningdek, ajratilayotgan mablag‘lar miqdorining ochiq ko‘rsatilishi u yerda korrupsiya va pul o‘zlashtirish kabi illatlarning oldini oladi.

Bundan tashqari, to‘layotgan soliqlari qayerga va qancha miqdorda sarflanayotganidan xabardor bo‘lgan fuqarolarning soliq to‘lash madaniyati ham yuqori bo‘lishi aytiladi.

Shuning uchun ham davlatda ochiq budjet siyosatini olib borish maqsadida Moliya vazirligi joriy yilning yanvar oyidan openbudget.uz internet portalida O‘zbekiston davlat budjeti qayerga yo‘naltirilgani haqidagi ma’lumotlar joylab bormoqda. Ammo, hozirda saytdagi ma’lumotlar umumiy bo‘lib, u yerda ma’lum bir obyektlar bo‘yicha ma’lumot topishning imkoni yo‘q.

Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Muhamedovning aytishicha, 2019-yilning yakuniga qadar mamlakatdagi barcha davlat budjeti tomonidan moliyalashtiriluvchi obyektlar haqida hududlar kesimida chorak va yillik ma’lumotlar joylab boriladi.

Misol uchun, fuqaro o‘zi yashayotgan hududdagi maktab yoki kasalxona uchun davlat budjeti qancha mablag‘ ajratayotganini kuzata oladi.

Bu haqda bugun 2-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida xalqaro valyuta jamg‘armasi mutaxassisi ishtirokida Moliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan brifingda ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 120) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют