» » O‘zbekistonda 2019-yildan fuqarolarning budjet taqsimotidagi ishtirokini ta’minlash taklif qilinmoqda (video)

O‘zbekistonda 2019-yildan fuqarolarning budjet taqsimotidagi ishtirokini ta’minlash taklif qilinmoqda (video)


O‘zbekistonda 2019-yildan boshlab fuqarolarning budjet taqsimotidagi ishtirokini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish taklif qilinmoqda. Unga ko‘ra, shahar va tumanlar budjetlarining eng kamida 10 foizlik qo‘shimcha manbalari jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladi. Prezidentning “Budjet ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida shu haqda so‘z boradi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

2020 yildan davlat budjeti va davlat maqsadli fondlari byudjetlarini “ilg‘or xalqaro standartlar asosida tayyorlangan” qonun bilan tasdiqlash taklif qilinmoqda.

Davlat budjeti, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yo‘naltirilgunga qadar majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi.

Davlat budjeti va uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga parallel ravishda jamoatchilik muhokamasi uchun Moliya vazirligi tomonidan “Budjet fuqarolar uchun” axborot nashri chop etiladi.

Bundan tashqari, Hisob palatasining davlat budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha hamda davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi har yillik hisobotlarning tashqi auditi va bahosi natijalari bo‘yicha xulosalarini majburiy tartibda e’lon qilishni joriy etish rejalashtirilmoqda.

2019-yil 1-yanvardan manzilli budjet xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun “Ochiq budjet” portalini ishga tushirish mo‘ljallangan. Unda davlat budjeti, soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari, budjet ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar va Hisob palatasi xulosalari e’lon qilinadi.

Bu yerga jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun shahar va tumanlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham joylanadi.

Fuqarolar portal orqali byudjet qonunchiligi buzilayotgani haqidagi xabarlarini, budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini yuborishi mumkin.

2020-yildan O‘zbekiston Xalqaro budjet hamjamiyati Budjet ochiqligi indeksida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2018, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют