» » O‘zbekistonda o‘rta muddatli budjet tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda o‘rta muddatli budjet tizimi joriy etiladi


Moliya vazirligida o‘rta muddatli budjet tuzish konsepsiyasi hamda Namangan shahri misolida budjetni o‘rta muddatga tuzish uslubiy qo‘llanmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekistonda amaldagi tartiblarga muvofiq, davlat budjeti indeksatsiyalarni qo‘llash metodi bilan bir yillik asosda tuziladi. Chunki budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va budjet tashkilotlari o‘zlarining istiqbollarini rejalashtirilgan yildan uzoqroq davrga prognozlashtira olmaydi. Buning asosiy sababi esa kelajakdagi makroiqtisodiy o‘zgarishlarni va ularning fiskal ko‘rsatkichlarga ta’sirini oldindan ko‘ra bilish imkoniyati yo‘qligidir.

O‘rta muddatga budjetni rejalashtirish davlat budjetini bir necha yilga (qoida tariqasida 3-5 yilga) tuzish jarayonidir. Rivojlangan xorij mamlakatlarida ushbu tizim shakllantirilgan. Mamlakatda ham ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda va dastlabki shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Jumladan, valyuta kursi liberallashtirildi va natijada o‘zbek so‘mining kursi barqarorlashdi. Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi strategik rejalashtirish tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Unga ko‘ra, “qisqa muddatli”, “o‘rta muddatli”, “uzoq muddatli” kabi tushunchalar kiritilmoqda. 2018- yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish va shakllantirishning yangi tartibi joriy etildi.

Tadbirda O‘zbekistonda ilk bor Namangan shahrida 2018—2020-yillar uchun o‘rta muddatli budjet ishlab chiqilgani va xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan qabul qilingani ta’kidlandi. Uslubiy qo‘llanma BMT Taraqqiyot dasturi va Buyuk Britaniyaning mamlakatdagi elchixonasi texnik ko‘magida ishlab chiqildi. Qo‘llanma o‘rta muddatli budjetlashtirish jarayonini to‘liq yoritishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Taqdimot jarayonida 2018—2020 yillar uchun prognoz loyiha namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют