» » O‘zbekistonda ilk bor “Fuqarolar uchun budjet—2018” nashri chop etiladi

O‘zbekistonda ilk bor “Fuqarolar uchun budjet—2018” nashri chop etiladi


Joriy yildan boshlab O‘zbekistonda “Fuqarolar uchun budjet — 2018” nashri chop etiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarni budjet tizimi, 2018-yilga mo‘ljallangan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini shakllantirish va ularning parametrlari haqida keng xabardor qilishdir.

Shu bilan birga, mazkur nashr budjet siyosati maqsadlari va ustuvorliklarini yaxshiroq tushunishga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarni budjetni muhokama qilish va uning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish jarayoniga jalb qilishga yordam beradi.

“Fuqarolar uchun budjet—2018” nashri yaqin kunlarda rasman taqdim etiladi.

Ushbu nashr Moliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tayyorlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют