» » Toshkent markazida egasiz favvora aniqlandi. U “Matbuot uyi” qarshisida joylashgan

Toshkent markazida egasiz favvora aniqlandi. U “Matbuot uyi” qarshisida joylashgan


2013-yildan buyon Toshkentda 1 may Favvoralar kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Poytaxtda shu kuni 70 ga yaqin katta va kichik favvoralar ishga tushiriladi. Ular ichida bir necha yildan beri tang ahvolda qolayotgani ham bor, deya xabar beradi O‘zA muxbiri Anora Sodiqova.

U “Matbuotchilar” ko‘chasidagi “Matbuot uyi” qarshisida joylashgan. Mazkur favvora xuddi bugungi kunda urfdan qolayotgan gazetalar kabi panada qolib ketmoqda.

Buning sababi bilan qiziqib, “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasiga murojaat qildik. Korxona vakilining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu qarovsiz yotgan favvora “Matbuotchilar uyi” bilan bir vaqtda, 1970-yillarda qurilgan.

Favvora shunchaki ko‘rgazmaga emas, balki matbuotchilar uyini yozda salqinlatib turish uchun maxsus qurilgan. Hozirda zamonaviy sovutgichlar ko‘paygach, favvoraning salqinlatish funksiyasi kerak bo‘lmay qolgan.

Bundan tashqari, favvora sovutgich vazifasini o‘tashi uchun unga “xladon 13” moddasi kerak bo‘ladi. Bu modda ishlatilishi ozon qatlamini yemirilishiga olib kelgani uchun hozirda bunday favvoralardan voz kechilmoqda.

Biroq, DUK vakilining aytishicha, favvorani shunchaki, go‘zallik ob’ekti sifatida saqlab qolish o‘rinli bo‘lardi. Mazkur favvora yaratilish tarixi va joylashgan joyi bilan ham saqlab qolishga loyiqdir.

Mana bir necha yildirki, favvora qarovsiz holatda qolgan va uning kanalizatsion tizimlari ham eskirib ulgurgan. Ularni qayta ta’mirlash esa mablag‘ talab qiladi.

Mablag‘ talab qilinsa-da, shahar markazidagi bunday yirik favvorani qarovsiz tashlab qo‘yish yaramaydi. Uni buzib tashlash uchun ham tabiiyki, mablag‘ kerak.

Shunday ekan, nazardan chetda qolayotgan favvorani saqlab qolish va tiklab rekonstruksiya qilish maqsadga muvofiqdir. Ammo mazkur favvoraning egasi topilmadi.

Favvora haqida ma’lumot bergan “Toshkent favvorasi” davlat unitar korxonasi vakilining dalolat berishicha, favvora ushbu korxona balansida emas. Favvora tegishli bo‘lgan tashkilotni qidirib, Toshkent shahar Binolardan foydalanish departamentiga murojaat qildik. Departament ham o‘z balansida bo‘lgan favvoralar ichida ayni shu favvora qayd etilmaganini ma’lum qildi.

Qizig‘i shundaki, bu haqda Toshkent shahar hokimligining tegishli bo‘limi ham xabardor emas ekan. Ular hatto ushbu favvorani ta’mirlash u yoqda tursin, uni qaysi tashkilot balansida ekanligini ham aytib berolmadi.

Shundan ma’lum bo‘ladiki, egasiz favvora yaqin orada ta’mirlanmasligi aniq. Favvora hech qaysi tashkilotga tegishli bo‘lmasa-da, u aynan poytaxt hududida bo‘lgani uchun ham unga Toshkent shahar hokimligi mas’ul ekanligi ayon.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют