» » “Grand” radiosi Gulnora Karimovaning eri Rustam Madumarovga tegishli ekanligini rad etmoqda

“Grand” radiosi Gulnora Karimovaning eri Rustam Madumarovga tegishli ekanligini rad etmoqda


“Grand” radiostansiyasi Gulnora Karimovaning eri Rustam Madumarovga tegishli ekanligi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

“20 yillik faoliyatimizdan so‘ng MIB vakillari eshigimizni taqillatib, rahbarimiz va ta’sischimiz Svetlana Xonga radiostansiya unga tegishli emasligini ma’lum qilmoqda. Garchi uning 2002-yildan beri egalik huquqini tasdiqlovchi barcha hujjatlar bo‘lsa ham. Biz murojaat qilgan hech bir idora bu vaziyatga aniqlik kiritishga harakat qilmayapti. Madumarov degan shaxsning tashkilotimizga aloqasi borligini dalillovchi biron bir hujjat taqdim etilmadi, chunki bu ish ‘Maxfiy’ tamg‘asi ostida ekan”, — deyiladi radiostansiyaning Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan murojaatda.

“Grand” vakillariga ko‘ra, radioni davlat foydasiga olish bo‘yicha qaror chiqarilgan sud majlisi ham bo‘lib o‘tgan, biroq unga tashkilotdan hech kim taklif etilmagan. Shuningdek, radio 8-may kuni bo‘lib o‘tadigan auksionga qo‘yilgan va boshlang‘ich narxi deryali ikki barobar arzonlagan.

“Hammasi kimdir radioni qancha summaga xarid qilishni hal qilib bo‘lgani va endi faqat 8-may sanasi kelishini kutayotgandek taassurot qolmoqda”, — ta’kidlanadi murojaatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют