» » Toshkentda avtobus bekatdagi ikki piyodani urib ketdi, ular halok bo‘ldi

Toshkentda avtobus bekatdagi ikki piyodani urib ketdi, ular halok bo‘ldi


3-may kuni taxminan 14:30 da Toshkent halqa avtomobil yo‘liga birikkan ikkinchi darajali yo‘ldagi “Chinnibozor” jamoat transporti bekatida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

147-raqamli yo‘nalishda harakatlanuvchi Mercedes-Benz avtobusi haydovchisi yo‘lovchilarni tushirayotgan vaqtda hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra, avtobus o‘z-o‘zidan oldinga yurib ketgan va bekatda turgan ikki piyodani urib yuborgan. Taxminan 10 metrcha yurib, avtobus old o‘ng g‘ildiragi bilan beton novga kirib qolib to‘xtagan.

YTH oqibatida 14 yoshli qiz va 30—35 yoshlardagi ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Haydovchining 20 yillik tajribaga ega ekanligi aytilmoqda.

Chilonzor tuman IIB jinoyat ishi ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda, YTH sabablari o‘rganilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют