» » Farg‘onada tug‘ilgan uch egizakka Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon ismlari qo‘yildi (foto)

Farg‘onada tug‘ilgan uch egizakka Shavkatjon, Ziroatxon va Saidaxon ismlari qo‘yildi (foto)


Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining tug‘ruqxona majmuasida 1-may kuni soat 00:40 da uch egizak chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Islomjon va Diloromxon Isroilovlar oilasida tug‘ilgan chaqaloqlarga O‘zbekiston Prezidenti va uning oilasi sharafiga ismlar tanlangan. Egizaklarga Shavkatjon (O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga), Ziroatxon (O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva sharafiga) va Saidaxon (O‘zbekiston Prezidentining katta qizi Saida Mirziyoyeva sharafiga) deb ism qo‘yilgan.

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, tug‘ilgan bir o‘g‘il va ikki qizning ahvoli yaxshi, onaning ahvoli ham joyida. Shavkatjon 1 kg 944 gramm, Ziroatxon 1 kg 972 gramm, Saidaxon esa 1 kg 888 gramm vaznda tug‘ilgan.

Yana bir qiziq ma’lumot, uch egizakning otasi 1994-yil 1-sentabr kuni — O‘zbekiston mustaqilligiga uch yil to‘lgan kunda dunyoga kelgan va unga O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga Islomjon deb ism qo‘yishgan ekan.

Uch o‘g‘il egizakka O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlarini qo‘yish avvalroq bir necha marta kuzatilgandi. Toshkent shahri, Farg‘ona, Buxoro viloyatlarida tug‘ilgan egizaklarning otasiga Cobalt, Andijon va Qashqadaryoda tug‘ilgan egizaklarning otasiga Spark mashinalari sovg‘a qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют