» » Toshkent viloyatida “Obod qishloq” dasturiga ajratilgan mablag‘dan 100 mln so‘m o‘zlashtirganlar ushlandi

Toshkent viloyatida “Obod qishloq” dasturiga ajratilgan mablag‘dan 100 mln so‘m o‘zlashtirganlar ushlandi


Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida “Obod qishloq” dasturiga ajratilgan mablag‘dan qariyb 100 million so‘mni o‘zlashtirganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

2018-yilda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Kushek” qishlog‘i “Obod qishloq” dasturiga kiritilib, hududda kompleks yangilash ishlari amalga oshirilgan. Uy-joylar ta’mirlanib, yon-atrofi obodonlashtirilgan. Ichimlik suvi tarmoqlari, qishloqni tuman markazi bilan bog‘laydigan hamda qishloq ichki yo‘llari va piyodalar yo‘laklari barpo etilgan. Shu jarayonda Toshboy Ismoilov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) rahbarlik qilayotgan “Agrotexsanoatxolding Qurilish” MChJ bilan tuman obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida shartnoma imzolanadi.

Unga muvofiq, jamiyat tomonidan qishloqdagi uylar atrofi obodonlashtirilib, dekorativ yig‘ma devor bilan o‘rash belgilanadi. T.Ismoilov shartnoma shartlarini bajarishga kirishadi. U dastlab 4 million 800 ming so‘mlik dekorativ yig‘ma devor olib kelib o‘rnatadi. Qolgan ishlar esa o‘z holiga tashlab qo‘yiladi. Bu orada tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farid Abilov MChJ rahbariga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilib, qolgan ishlarni ham oxiriga yetkazishni talab qiladi. T.Ismoilov esa hisob raqamida pul yo‘qligi, shartnomada ko‘rsatilgan pullarni o‘tkazib bersa, ishni bitirishini aytadi.

Aslida shartnomaga muvofiq, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar oxiriga yetkazilgach, ko‘rsatilgan mablag‘ MChJning hisob raqamiga o‘tkazilishi kerak edi. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farid Abilov buni juda yaxshi bilsada, T.Ismoilovning nayrangiga “labbay” deya javob berib, barcha ishlar to‘liq bajarilgani haqida dalolatnoma tuzib, rasmiylashtiradi. Ishlar bajarilmaganini bila turib, dalolatnomaga imzo chekib yuboraveradi.

Oqibatda “Obod qishloq” dasturiga ajratilgan mablag‘dan 123 million 234 ming so‘m pul bajarmagan ishlari uchun “Agrotexsanoatxolding Qurilish” MChJ hisob raqamiga o‘tkazib beriladi. Maqsadiga erishgan T.Ismoilov pul kelib tushishi bilan ularni o‘zlashtirib, talon-toroj qiladi. F.Abilov esa noqonuniy harakati oqibatida chapak chalib qolaveradi.

“Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi” deganlaridek, T.Ismoilov hamda F.Abilovning qilmishlari fosh bo‘ldi. Ularga jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumani sudining hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют