» » Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada “Obod qishloq” dasturi natijalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onada “Obod qishloq” dasturi natijalari bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev “Obod qishloq” dasturi asosida Oltiariq tumanida Poloson, Qapchug‘ay hamda Tinchlik qishloqlarida amalga oshirilgan qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri xabar berdi.

Qapchug‘ayda 38 ta’mirga muhtoj xonadonlar hamda 19 ko‘p qavatli uylarda 530 million so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangitdan ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 1 ta suv minorasi ta’mirlandi va 1 ta yangi suv nasosi o‘rnatildi. 7 zamonaviy avtobus bekati qurilib, yo‘l chetiga maxsus to‘siqlar o‘rnatildi. 9 ta bolalar o‘yingohi hamda 7 ta bolalar maydonchasi qurildi.

Shu hududdagi qishloqlarga xizmat ko‘rsatuvchi 100 o‘rinli 89-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi ham qayta rekonstruksiya qilinib, yangi tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Shifoxona ichida ijtimoiy dorixona ish boshladi.

Tinchlik shaharchasidagi madaniyat va istirohat bog‘i ta’mirlanib, bolalar o‘yin maydonchalari, turli ko‘ngilochar attraksionlar ish boshladi. Hududda non sexi, dehqon bozori qurildi, 300 o‘rinli madaniyat uyi ta’mirdan chiqarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют