» » Farg‘onada kontrabandachi mashinasida bojxonachilardan qochishga urindi

Farg‘onada kontrabandachi mashinasida bojxonachilardan qochishga urindi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Quvasoy shahri chegara oldi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzar avtomashinada qochishga urindi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Fuqaro J.N boshqaruvidagi “DongFeng” rusumli avtomobil “Nayman—Toshloq” yo‘nalishida harakatlanish chog‘ida chegara hududida to‘xtatilgan, ammo haydovchi mashinada qochishga uringan.

“Aylanma yo‘llarda avtomashina nosoz holga kelgandan so‘ng esa to‘xtashga majbur bo‘lgan. Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida muqaddam qo‘shni respublikadan noqonuniy ravishda olib kelingan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 45 million so‘mlik jami 15 ming dona 100 vattli elektr lampochkalari borligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvi davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют