» » Farg‘onada qariyb 100 ta smartfonni Lacetti bakiga yashirib olib o‘tishga uringan shaxs fosh qilindi

Farg‘onada qariyb 100 ta smartfonni Lacetti bakiga yashirib olib o‘tishga uringan shaxs fosh qilindi


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Vodil—Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan Dongfeng rusumli yuk avtomashinasi chegara nazorat hududlarida kelib ketishi shubhali ko‘ringanligi bois nazoratga olindi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Fuqaro M.Ergashev boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomashinasi Farg‘ona shahar Yormozor MFY hududidagi joylashgan raqamsiz xonadon ichiga kirgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada avtomashina bort qismining tagida tashqi tomondan ko‘rinmaydigan qilib yashirin ravishda, bojxona nazoratini chetlab aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, umumiy qiymati 30 million so‘mlik jami 15 000 dona Orbit nomli saqichlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, ushbu avtomashina kirgan xonadon ko‘zdan kechirilganida yashash xonalarida saqlanayotgan Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 50 million so‘mlik 78 dona erkaklar jinsi shimi, 210 dona Nestle nomli shokoladlar, 22840 dona Orbit nomli saqichlar borligi aniqlandi.

Shu bilan birga olib borilgan tezkor tadbir davomida avtomashina egasi M.Ergashevning Farg‘ona tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi, xonadonga kirishda darvozaxonasi yonida muqaddam Qirg‘iziston Respublikasidan bojxona nazoratini chetlab, aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, qiymati 6 million so‘mlik 3000 dona Orbit nomli saqichlar saqlanayotgani aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 86 million 630 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Xuddi shunday qonunbuzarlik holati fuqaro A.Mamasidiqov tomonidan ham sodir etildi. Uning boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida yoqilg‘i quyish baki ichiga umumiy qiymati 108 million 650 ming so‘mlik jami 98 dona Xiaomi Redmi 4X markali uyali telefon apparatlari hamda avtomashina zahira balonida 1700 dona qoshiq mahsuloti yashirilgani aniqlandi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют