» » Nyu-Yorkdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘ldi

Nyu-Yorkdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola halok bo‘ldi


Nyu-Yorkning Bruklin qismida 2-may kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik uch yashar bola — E.Sh. halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligidan ma’lum qilishlaricha, E.Sh. AQShga grin-kartaga ega bo‘lgan ota-onasi bilan birga kelgan edi.

“Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti YTHda halok bo‘lgan bolaning ota-onasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

TIVning qayd etishicha, AQShning 34 ta shtati (Aydaho, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta), shuningdek, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerikada bo‘lgan o‘zbekistonliklar zarurat tug‘ilganda +1- 212 230-1341, 754-7403, 838-9812 telefon raqamlari yoki info@uzbekconsulny.org elektron pochta manzili orqali O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligiga murojaat qilishlari mumkin.

Avvalroq, 1-may kuni Rossiyaning Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik uch yoshli bola 4-qavat derazasidan tushib ketib, halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют