» » APL. “Tottenhem” ikki kishi kam bo‘lib, o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol o‘tkazib yutqazdi (video)

APL. “Tottenhem” ikki kishi kam bo‘lib, o‘yinning so‘nggi daqiqasida gol o‘tkazib yutqazdi (video)


Angliya Premyer ligasi 37-turidan o‘rin olgan “Bornmut”—“Tottenhem” bellashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuv London klubi uchun omadsiz kechdi. Maurisio Pochettino shogirdlari o‘yinni ikki kishi kam bo‘lib yakunladi. Avvaliga Son Hyon Min (43-daqiqa), biroz o‘tib zaxiradan maydonga tushgan Xuan Foyt (48-daqiqa) qizil kartochka olib maydonni tark etdi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona gol esa ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Natan Ake tomonidan urildi.

Mag‘lubiyatdan so‘ng “Tottenhem”ning ochkolari 70 taligicha qoldi. “Bornmut” esa g‘alaba sabab ochkolari sonini 45 taga yetkazib, 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

APL

37-tur bahsi

4-may, shanba

Gol: 1:0 — 90+1, Natan Ake

“Bornmut”: Trevers, Simpson, Smit, Klayn, Ake, Ayb (Musse, 76), Freyzer, King, Lerma, Kuk, Uilson.

“Tottenhem”: Lyoris, Rouz, Trippier, Sanches, Alderveyreld (Foyt, 46), Dayer (Vanyama, 46), Sissoko (Devis, 82), Alli, Eriksen, Lukas Moura, Son Hyon Min.

Ogohlantirishlar: Dayer (11), Alderveyreld (23), Sissoko (40), Lerma (90), Vanyama (90), Alli (90).

Chetlatish: Son Hyon Min (43), Foyt (48).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют