» » O‘zbekiston Markaziy bankida kiberjinoyatlarga qarshi kurash laboratoriyasi ochildi

O‘zbekiston Markaziy bankida kiberjinoyatlarga qarshi kurash laboratoriyasi ochildi


O‘zbekiston Markaziy bankida kiberjinoyatchilikka qarshi kurash laboratoriyasi tashkil etildi. Bu haqda, “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi.

Nurmurodovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida banklararo to‘lov tizimi 24/7 rejimida uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda banklararo to‘lovlar ish kunlari 17:00 ga qadar amalga oshirilsa, shanba va yakshanba kunlari buning iloji yo‘q.

“Jismoniy shaxslarda o‘z mobil telefonlari orqali buni amalga oshira oladi. Biz xuddi shunday sharoitni yuridik shaxslar uchun ham yaratishni istaymiz. Bugun Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari fermerlari uchun bu imkoniyatni taqdim etdik, ular to‘lov qog‘ozlarini to‘ldirmaydi, kredit uchun banklarga bormaydi va o‘z plastik kartalari orqali o‘g‘it va yoqilg‘i sotib olishi mumkin. Bu shanba va yakshanba kunlari ham, kechasi ham, kunduzi ham ishlamoqda”, — dedi u.

Markaziy bank rahbari ushbu tizimning joriy etishda axborot xavfsizligiga alohida diqqat qaratish lozimligini tan oldi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya bankining kredit-moliya sohasida kompyuter hujumlari monitoringi va boshqaruv markazi — FinCERT bilan hamkorlik qilmoqda.

“Ehtimoliy hujumlarga barham berish uchun biz Markaziy bankda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash laboratoriyasini ochdik”, — dedi Mamarizo Nurmurodov. Uning so‘zlariga ko‘ra, laboratoriya fuqarolar hisobiga tushayotgan pul mablag‘larini ham kuzatib boradi.

“Aytishim mumkinki, agarda kimningdir hisobiga ko‘p miqdorda pul tushsa, o‘rganish olib boramiz. Ochiq aytaman, masalan, oylik maoshingiz 5 million so‘m, agar hisobingizga birdan 50 million so‘m tushsa, bu bizda shubha uyg‘otadi: balki kimdir yanglishdan pul o‘tkazib yuborgandir, balki boshqa sabab bordir”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют