» » Tolov terminallari uchun tolanadigan ijara haqi 50 foizga qisqartirildi

Tolov terminallari uchun tolanadigan ijara haqi 50 foizga qisqartirildi


Markaziy bank va Ozbekiston banklar assotsiatsiyasi banklararo chakana tolov tizimida mijozlarga xizmat korsatishda som plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim ozgarish va qoshimchalar kiritdi. Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 15-martidan kuchga kiradigan tarif rejasiga kora, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tolov terminallari uchun tolaydigan ijara haqi 50 foizga qisqartirilmoqda. Endilikda yuridik shaxslarga ozlari foydalanayotgan tolov terminallari uchun ijara haqi 5 yevrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 yevrogacha etib belgilandi.

Ilgari tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvaragidagi qoldiq mablaglarga hisoblanadigan foizlar Respublika Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bolmagan miqdorda belgilangan edi. Yangi tartibga kora, plastik kartochkadagi qoldiq mablaglarni kapitallashtirish tijorat banklari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari korilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli istemol kreditlari berishni (overdraft) yolga qoyish boyicha tartib ishlab chiqilmoqda. Bu kreditlarga foiz stavkalarini har bir tijorat banki ozining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.

Tijorat banklari savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yonaltirilgan turli xil bonus, diskont va ragbatlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi.

: admin (17-03-2017, 11:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -