» » La Liga. “Barselona” va “Atletiko” mag‘lubiyatga uchradi (video)

La Liga. “Barselona” va “Atletiko” mag‘lubiyatga uchradi (video)


4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turi doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” klubi “Espanyol” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 45-daqiqasida madridliklar himoyachisi Diyego Godin avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 52 va 89- daqiqalarda (penalti) mezbon jamoa a’zosi Borxa Iglesias dublga erishdi (3:0).

Shu tariqa Diyego Simeone jamoasi “Espanyol” bilan kechgan bahsda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi (0:3).

Shu kuni muddatidan avval chempionlikni nishonlagan Kataloniyaning “Barselona” jamoasi safarda “Selta” bilan o‘ynadi.

Uchrashuv davomida “Selta” hujumchilari Maksimiliano Gomes (67) hamda Aspas Yago (penalti) urgan gollar maydon egalarining “Barselona” ustidan g‘alabani ta’minladi (2:0).

La Liga

36-tur bahslari

4-may, shanba

Gollar: 1:0 — 14 Kampana, 2:0 — 43 Veso, 2:1 — 71 Garsiya, 3:1 — 85 Jeyson, 4:1 — 90 Bardi

Gollar: 1:0 — 45, avtogol, Godin, 2:0 — 52 Iglesias, 3:0 — 89, penalti, Iglesias

Gol: 0:1 — 24, avtogol, Garsiya

Gollar: 1:0 — 67 Gomes, 2:0 — 88, penalti, Yago

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют