» » Shimoliy Koreya qatorasiga ikkinchi kun raketa sinovlarini amalga oshirmoqda

Shimoliy Koreya qatorasiga ikkinchi kun raketa sinovlarini amalga oshirmoqda


Shimoliy Koreya 5-may kuni bir necha raketa qurilmalari va yangi taktik boshqariluvchi quroldan foydalangan holda sinovlarni amalga oshirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Mahalliy KCNA agentligi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinovlarni kuzatayotgani aks etgan fotolarni e’lon qildi.

“Mashg‘ulotlardan maqsad uzoq masofaga mo‘ljallangan yirik kalibrli raketa qurilmalari va taktik boshqariluvchi qurolning samaradorligi va aniqligini baholash hamda tekshirishdan iborat”, — deyiladi agentlik xabarida.

Fotolardan birida og‘ir avtomobil shassisiga joylashtirilgan raketa kompleksidan raketa uchirilishi aks ettirilgan. Shu bois ekspertlar KXDR mashg‘ulotlar davomida boshqariluvchi raketalarning yangi turini sinab ko‘rganini taxmin qildi.

Shu tariqa, Pxenyan ikki kun davomida ikkinchi bor raketa sinovlarini amalga oshirdi. 4-may kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga bir necha raketa yo‘llagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют