» » Janubiy Koreya KXDR artilleriyasiga qarshi kurashish uchun raketa qo‘shinlari bo‘linmasini tashkil etadi

Janubiy Koreya KXDR artilleriyasiga qarshi kurashish uchun raketa qo‘shinlari bo‘linmasini tashkil etadi


Koreya Respublikasi harbiylari KXDR artilleriyasiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan raketa qo‘shinlari yangi taktik bo‘linmasini tashkil etadi. Bu haqda 19-mart, dushanba kuni KBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Oktabr oyigacha yerdagi operatsiyalar qo‘mondonligi olovli qo‘llab-quvvatlash brigadasini shakllantiradi. Uning arsenali asosan harakatlanish radiusi 150 kilometr bo‘lgan yer-yer klassidagi boshqariluvchi raketalardan iborat bo‘ladi.

“Ular bir necha soniyada dushmanga katta talofat keltirishga qodir va birinchi navbatda Shimoliy Koreya uzoq masofaga harakatlanuvchi artilleriyasi, jumladan, raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan”, – deya ta’kidlaydi telekanal.

Yangi qo‘llab-quvvatlash brigadasini shakllantirish Janubiy Koreya qurolli kuchlari keng ko‘lamli islohotlari doirasida o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют