» » Qarshida profilatika inspektorlariga xizmat planshetlari topshirildi

Qarshida profilatika inspektorlariga xizmat planshetlari topshirildi


Qarshi shahrida xizmat olib borayotgan mavjud 62 ta mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektorlariga UzGps dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan Artel U5 rusumli xizmat planshetlari topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ushbu planshetlar orqali profilaktika inspektorlari qayerda xizmat olib borayotganini aniqlash, xizmat faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib borish hamda 24 soat davomida xizmat hududlarida bo‘lishlarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

“Planshetlarga yuklangan programmalar orqali orqali kelgusida fuqarolar profilaktika inspektorlariga murojaat qilmoqchi bo‘lganida, o‘zlari turgan joyda qaysi profilaktika inspektori xizmat olib borishini va uning telefon raqamlari, tayanch punkti yoki xizmat uyining manzili to‘g‘risida ma’lumot olishlari yoxud to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu tizim orqali tegishli profilaktika inspektoriga elektron murojaat qoldirish imkoniga ega bo‘ladi”, — deyiladi IIB matbuot xizmati xabarida.

Huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, jinoyatchilikning oldini olishni takomilashtirish borasida yaratilgan yangi elektron axborot tizim— “Profinspektor” dasturiy ta’minoti planshetlarga o‘rnatilib, ushbu dastur bazasini to‘ldirish ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют