» » O‘zbekistonda eng kuchli triatlonchilar aniqlandi

O‘zbekistonda eng kuchli triatlonchilar aniqlandi


5-may, yakshanba kuni Toshkentning “Yoshlik sport” majmuasida O‘zbekistonda birinchi bor havaskorlar o‘rtasida triatlon (suzish, velomusobaqa va yugurish) bo‘yicha “Triatlon Sprint” musobaqalari tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda havaskor sportchilar 750 metr masofaga suzish, 20 kilometr masofaga velosport bo‘yicha belashish va 5 kilometrga yugurish bo‘yicha raqobatlashdi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Andrey Sharipov 1:05:21 natija bilan mutlaq g‘olibga aylangan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Aleksey Grigorev (1:11:13) hamda Murod Husanovga (1:23:57) nasib etdi.

Ayollar o‘rtasida esa belgilangan shartlarni 1 soat 30 daqiqa va 53 soniyada bosib o‘tgan Olga Drobishva oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Olga Pankratova (1:34:12) va Alina Yun (1:51:28) natijalar bilan shohsupaning ikkinchi va uchinchi pog‘onalariga ko‘tarildi.

O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasi orqali mazkur musobaqa g‘oliblariga tabrik yo‘lladi:

“Bugun poytaxtimizda ilk bora havaskorlar o‘rtasida triatlon bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa iyul oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan IRONMAN 70.3 Astana uchun tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan.

Fursatdan foydalanib, bugungi triatlon musobaqasining barcha turlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan yurtdoshlarimizni samimiy tabriklayman. Va albatta, Qozog‘istonda o‘tadigan IRONMAN 70.3 Astana’da mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishlariga tilakdoshman. Marra sari olg‘a, epchil sportchilarimiz!”

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa g‘oliblari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan IRONMAN 70.3 Astana musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют