» » Velosport. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Velosport. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi


O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblar aniqlanmoqda.

25-aprel kunidagi bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.

23 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida 30 kilometr masofaga o‘tkazilgan bahsda Renata Baymetova 3-o‘rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalni esa velosportchi Olga Zabelinskaya 30 kilometr masofaga kechgan poygada u eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, chempionatning 20 kilometr masofaga faxriylar o‘rtasida o‘tgan bellashuvda o‘zbekistonlik Nikolay Kovalenko bronza medaliga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, 26-aprel kuni o‘smir qizlar va bolalar hamda 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi guruh poygalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют