» » Velosport. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ilk medalni qo‘lga kiritdi

Velosport. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida ilk medalni qo‘lga kiritdi


24-aprel, chorshanba kuni veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk medal yozib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Kunning ilk musobaqasida 20 yoshgacha bo‘lgan sportchi qizlar 20 kilometrlik masofani bosib o‘tdi.

Marra chizig‘iga birinchi bo‘lib qozog‘istonlik sportchi Ulyana Suxorebrik yetib kelgan bo‘lsa, 2-o‘rin o‘zbekistonlik Yanina Kuskovaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa honkonglik sportchi egalladi. Kumush medalini qo‘lga kiritgan Yanina O‘zbekiston terma jamoasiga ilk medalni olib keldi.

Ma’lumot uchun, kun doirasida o‘g‘il bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ham individual poygalar o‘tkazildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют