» » Og‘ir atletika. O‘zbekistonlik sportchilar o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletika. O‘zbekistonlik sportchilar o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida yana 5 ta medalni qo‘lga kiritdi


AQShda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 13-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana 5 ta medal qo‘shildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Qizlar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.

U dast ko‘tarish mashqida 96 kg natijani qayd etdi va qozog‘istonlik raqibasi Olga Pastuxovani 4 kg farq bilan ortda qoldirib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Tursunoy siltab ko‘tarishda 118 kg natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Pastuxova 123 kg bilan ushbu mashqda va ikkikurashda g‘oliblikni tortib oldi.

96 kilogrammgacha vazn toifasidagi yigitlar bahsida Mirhosil Mirzaboyev uchta medalga sazovor bo‘ldi.

Dast ko‘tarishda uch urinishni muvaffaqiyatli bajargan sportchi 143 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Siltab ko‘tarishda Mirhosil 168 kg toshni ko‘tardi va 4-o‘rin bilan kifoyalandi.

Ikki mashq yakuniga ko‘ra Mirzaboyev 311 kg natija bilan katta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh

Qizlar (- 81 kg)

Olga Pastuxova (Qozog‘iston) — 215 kg

Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) — 214 kg

Motoka Nakajima (Yaponiya) — 195 kg

Yigitlar (- 96kg)

Rohat Bekpo‘lat (Qozog‘iston) — 323 kg

Onur Demirchi (Turkiya) — 315 kg

Mirhosil Mirzaboyev (O‘zbekiston) — 311 kg

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют