» » O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva Osiyo chempionatida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Muattar Nabiyeva Osiyo chempionatida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi


Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik atlet bir yo‘la uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Ayollar o‘rtasida -55 kg vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish bahsida 91 kg, siltab ko‘tarishda 113 kg va ikki kurash natijasi ko‘ra 204 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysindirib, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Ayollar -55 kg

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada 6 nafar atlet O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Hozirgacha Adhamjon Ergashev (-67 kg) to‘rtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi o‘rinni egalladi. Oldinda yana uch nafar sportchi: Sunnatilla O‘sarov (-102 kg), Akbar Jo‘rayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) qit’a chempionati bahslarida ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют