» » “Fulhem”ning 16 yoshli hujumchisi APL tarixiga kirdi

“Fulhem”ning 16 yoshli hujumchisi APL tarixiga kirdi


“Fulhem” hujumchisi Harvi Elliot Angliya Premyer ligasida debyut o‘yinini o‘tkazdi.

Yosh futbolchi musobaqaning 37-turida “Vulverhempton”ga qarshi o‘yinning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi (0:1).

Natijada Elliot mazkur musobaqada maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirdi. U maydonga tushgan vaqti 16 yosh 30 kunlik edi.

Avvalroq “Fulhem”ning boshqa bir o‘yinchisi Mettyu Briggz 2007-yilning may oyida Premyer ligada o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazgandi. O‘shanda Briggz 16 yosh 65 kunlik bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Fulhem” kelasi mavsumni Premyer ligadan so‘ng ikkinchi o‘rinda turuvchi liga Chempionshipda boshlaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 08:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют