» » AQSh Eron qirg‘oqlariga “Avraam Linkoln” aviatashuvchisi va bombardimonchi samolyotlarni yubormoqda

AQSh Eron qirg‘oqlariga “Avraam Linkoln” aviatashuvchisi va bombardimonchi samolyotlarni yubormoqda


AQSh Eron qirg‘oqlariga aviatashuvchi va bombardimonchi samolyotlarni yubormoqda. Bu haqda prezident Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Boltonga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqqa “Avraam Linkoln” aviatashuvchisi va bombardimonchi samolyotlar operativ guruhini Eron tomonidan kuchayib borayotgan “xavotirli alomatlar va ogohlantirishlar”ga javoban jo‘natmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Eron tomoniga “aniq va bexato signal” yo‘llashdan iborat.

“Qo‘shma Shtatlar Eron tuzumi bilan urushga intilayotgani yo‘q, biroq Eron muntazam qurolli kuchlari, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yoki ushbu davlatning sheriklari tomonidan biz yoki ittifoqdoshlarimizga nisbatan istalgan hujumni qaytarishga to‘liq tayyormiz”, — deyiladi milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют