» » Amerikalik ayol 24 yil avvalgi tushi sababli o‘n minglab dollar yutib oldi

Amerikalik ayol 24 yil avvalgi tushi sababli o‘n minglab dollar yutib oldi


AQShning Merilend shtatida yashovchi ayol lotereyada tushida ko‘rgan raqamlarni yozib, g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi UPI.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol 24 yil avvalgi tushida bir yigitni ko‘rgan bo‘lib, u 4, 8, 11, 21, 27 sonlarni aytgan. Shundan buyon ayol lotereya chiptasida aynan shu raqamlar ketma-ketligini yozib kelgan.

Ayol 2-may kuni lotereya chiptasini sotib olgan, so‘ng lotereya sotib olganini unutib, yana bitta shunday chipta olgan. Har ikkala chiptada ayol 4, 8, 11, 21, 27 sonli raqamlar kombinatsiyasini belgilagan.

Chiptalarning har biri unga 50 ming dollar atrofida foyda keltirgan. Shuningdek, u avvalgi o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lib, umumiy hisobda 101,6 ming dollar yutib olgan.

Avvalroq amerikalik ishsiz ayol lotereyada 273 million dollar yutib olgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют