» » OChL. Sergeyevning goli “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi (video)

OChL. Sergeyevning goli “Paxtakor”ga g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turida Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Eronning “Persepolis” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida “sherlar” safida Igor Sergeyev Dragan Cheranning uzatgan to‘pni raqib darvozasiga joylab qo‘ydi (1:0). Qayd etish joiz, u 79-daqiqada Marat Bikmayev o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.

Shu tariqa toshkentliklar o‘z uyida “Persepolis”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Paxtakor” ochkolari sonini 8 yetkazib oldi va guruhda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

Ma’lumot uchun, bugun “D” guruhining ikkinchi o‘yinida “As-Sadd” klubi “Al-Ahli” bilan o‘ynaydi.

“D” guruhidagi holat:

OChL

5-tur bahsi

6-may, dushanba

“D” guruhi

Gol: 1:0 — 86 Igor Sergeyev

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets, Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Javohir Siddiqov (Sobit Sindarov, 25; Akrom Komilov, 89), Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 79)

“Persepolis”: Ali Rizo Beyranvand, Omid Alishoh (Mario Budimir, 63), Said Jalol Hussayni (s), Mehdi Shiri, Muhammad Nodiri, Surush Rafeyi (Mahdi Tarobi, 70), Ahmad Nurullohi, Kamoliddin Kamyabinia, Muhsin Nodehi, Siamak Ne’mati, Ali Alipur

Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (65)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют