» » Ramazon oyida Toshkentning ayrim ko‘chalari kechki payt yopiladi

Ramazon oyida Toshkentning ayrim ko‘chalari kechki payt yopiladi


Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek masjidlar qavmlari uchun qulaylik yaratish maqsadida muborak Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20:00 dan 24:00 gacha bir qancha ko‘chalar transport vositalarining harakati uchun berkitiladi, bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qiladi.

Berkitiladigan ko‘chalar ro‘yxati:

Olmazor tumani:

Keles ko‘chasi – Noraztepa ko‘chasidan Sog‘bon ko‘chasi, 2-berk ko‘chasigacha;

Sergeli tumani:

Qipchoq ko‘chasi — Yangi Sergeli ko‘chasidan temiryo‘l o‘tish joyi va U. Mahmudov ko‘chasigacha ;

Uchtepa tumani:

Lutfiy ko‘chasi — Katta Xirmontepa ko‘chasidan Katta Qani ko‘chasigacha;

Chilonzor tumani:

Al-Xorazmiy ko‘chasi — Katta Xirmontepa ko‘chasidan Katta Qani ko‘chasigacha;

Shayxontohur tumani:

Mannon Uyg‘ur ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasidan Beshqayrag‘och ko‘chasigacha va Oqsoy ko‘chasining bir qismi;

Yakkasaroy tumani:

Yakkasaroy ko‘chasi — Bog‘ibo‘ston ko‘chasidan S. Nasafiy ko‘chasigacha;

Yashnobod tumani:

Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga tutashgan ikkinchi darajali yo‘l — M. Ashrafiy ko‘chasidan Norxo‘jayev ko‘chasigacha.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolardan muborak Ramazon oyi kunlarida avtotransport vositalarini masjidlar yonida boshqalarning yo‘lini to‘sgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar Hokimiyati va IIBB tomonidan maxsus tashkillashtirilgan joylarda qoldirishini va imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydlalanishni so‘rab qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют