» » O‘zbekistonda Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “Oltin so‘z” xalqaro adabiyot festivali o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “Oltin so‘z” xalqaro adabiyot festivali o‘tkaziladi


O‘zbekistonda 2019-yil 9-maydan boshlab har yili Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan Golden Word xalqaro adabiyot festivalini o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, jumladan, tog‘li hududlarda ekologik turizmni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”da 2019- yil 9-maydan boshlab har yili Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan Golden Word xalqaro adabiyot festivalini o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.

Dastur ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Qahramoni, madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish, Shahrisabzni “Festivallar shahri”ga aylantirish maqsadida joriy yil 8—9 may kunlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida “Oltin so‘z” I xalqaro adabiyot festivali o‘tkaziladi.

Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan shoirlar, yozuvchilar hamda jurnalistlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Festival doirasida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida adabiy uchrashuv o‘tkazish, Qarshi va Shahrisabz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlarga, G‘uzor tumanidagi “Tohir-Zuhro” majmuasiga tashrif, mushoiralar tashkil etish mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют