» » Indoneziyaning eng mashhur bloggerlar oilasi yana O'zbekistonga tashrif buyurdi

Indoneziyaning eng mashhur bloggerlar oilasi yana O'zbekistonga tashrif buyurdi


Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur bloggerlardan biri, Indoneziyadagi on bir nafar farzandli Gen va Halilintar oilasi ayni paytda Ozbekistonning turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi ijodiy safar bilan mamlakatda bolib turibdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Oqqulov Fargonada tasvir ishlarini olib borayotgan ijodiy guruh bilan uchrashib, Ozbekiston turizmini faol targib etayotgan bloggerlar bilan suhbatlashdi.

Biz aynan ikki mamlakat poytaxtini boglab turuvchi Ozbekiston havo yollari MAK havo laynerida Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi taklifi bilan togridan togri qatnovni amalga oshirdik. Bu esa joriy yilgi faoliyatimizni yanada jonlantiradi. Biz nafaqat qadimiy Samarqand, Buxoro shaharlarini, balki solim va betakror, yirik turizm salohiyatiga ega bolgan Fargona vodiysi haqida ham maxsus video materiallar tayyorlash niyatidamiz. Bu yerdagi 3 kunlik tashrifimiz davomida qomita bilan hamkorlikdagi Ramazon oyiga bagishlangan maxsus targibot roligini tasvirga olmoqdamiz hamda ijodiy safarimiz samarali otishiga ishonchimiz komil, deydi mehmonlar.

Gen va Halilintar Ozbekiston hamda Indoneziya ortasida turistik imkoniyatlar uchun keng yol ochib berilayotgani, Jakartadan Toshkentga qadar ochilgan aviaqatnovlar xalqlar ortasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini bildirdi.

Gen va Halilintar oilasi King of YouTube (YouTube qiroli)degan nomga sazovor bolib, oila ozining YouTubedagi kanalida juda katta 40 millionlik auditoriyagaega. YouTube platformasida ularning tomoshabinlari soni2 millarddanortiqni tashkil etadi. Etiborlisi, ular necha yildirki, Ozbekiston haqida maxsus materiallar tayyorlab, ularni tomosha qilayotganlar soni150 mingdanoshgan.

Ijodiy guruh tomonidan joriy yilning yanvar oyidaChimyon toglarida, Toshkent,SamarqandvaBuxoro shaharlarida tasvirga olinganZiggi-Zagganomli qoshigiga ishlangan klip50 millionmarta tomosha qilingan.

2014-yilda Gen va Halilintar oilasi Samarqandda sayohatda bolib, Ozbekistondagi tarixiy-madaniy inshootlar, muqaddas qadamjolar va xalq madaniyati, anana va urf-odatlari haqidaOzbekiston mehmondost davlat(Uzbekistan negara sahabat) nomli kitob yozdi. Bu kitob100 ming nusxadanashr etilib, Indoneziyada juda mashhur bolgan. Mazkur kitob ozbek tiliga tarjima qilinib, Samarqandda nashr etilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

Yaqin kunlarda Gen va Halilintar oilasi Ozbekistonning Indoneziyadagi logo sfera targibotchisi maxsus sertifikati bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-05-2019, 09:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -