» » Samarqanddagi foydasi yo‘q “zebra” (foto)

Samarqanddagi foydasi yo‘q “zebra” (foto)


Samarqandning Spitamen shohko‘chasi, Samarqand davlat universitetining 1-yotoqxonasi oldidagi ko‘chada “zebra” chiziqlari bor. Ammo ushbu yo‘ldan o‘tayotgan haydovchilar aksariyat hollarda bu chiziqqa ham, o‘sha yerdan o‘tayotgan piyodalarga ham e’tibor qaratmaydi.

Zarnews nashrining qayd etishicha, ba’zida yo‘lovchilar o‘n daqiqalab avtomobillar o‘tishini kutib turadi. Vaholanki, yo‘lning aynan shu qismiga “zebra” chiziqlari bejizga chizilmagan, bu joy piyodalar ko‘p o‘tadigan hudud.

Haydovchilar yo‘l bermaganidan tashqari atayin qilayotganday tezlikni ham oshiradi. Yaqinda bir mashina shu tufayli yo‘l o‘rtasidagi bordyurga ham chiqib ketdi.

Ushbu joyga svetofor yoki videokamera kuzatuvi o‘rnatish taklif qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют