» » Poroshenkoning nutqi vaqtida uning ortida turgan harbiy ayol hushidan ketib qoldi (video)

Poroshenkoning nutqi vaqtida uning ortida turgan harbiy ayol hushidan ketib qoldi (video)


Ukraina qurolli kuchlarining harbiy xizmatchisi mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenkoning chiqishi vaqtida hushini yo‘qotdi. Ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lgan video YouTube tarmog‘ida joylashtirildi.

Ayol harbiy xizmatchi Poroshenko armiyaga yetkazib berilgan qurollanishdagi yangi tizimlar haqida gapirayotganida o‘zini yomon his qila boshlangan. Prezident harbiy xizmatchilarga hushini yo‘qotgan ayolni chetroqqa olib chiqishga yordam ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng, Ukraina rahbari askarlarga qarata rus tilida “safni to‘ldirish”ni buyurgan. Noxush hodisani esa “shunaqasi ham bo‘lib turadi” deya izohladi.

Poroshenkoning 2018-yildagi nutqi vaqtida ham birdaniga ikki nafar harbiy xizmatchi hushidan ketib qolgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют