» » Aeroflot Sheremetyevodagi fojia oqibatida halok bolganlar oilasi va omon qolgan yolovchilarga tovon puli tolaydi

Aeroflot Sheremetyevodagi fojia oqibatida halok bolganlar oilasi va omon qolgan yolovchilarga tovon puli tolaydi


Aeroflot aviakompaniyasi Sheremetyevo aeroportida Sukhoi Superjet samolyoti halokati oqibatida halok bolganlar oilasiga 5 million rubl, jarohatlanganlar oilasiga 2 million rubl, shifoxonaga yotqizilmagan yolovchilarga esa 1 milliondan tovon puli tolaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

SU1492 reysining shifoxonaga yotqizilmagan yolovchilariga bir million rubldan, fojia oqibatida shifoxonaga yotqizilgan yolovchilarga ikki million rubl va halok bolgan yolovchilar oilasiga esa besh milliondan tovon puli tolash haqida qaror qabul qilindi, deyiladi Aeroflot xabarida.

5-may kuni Moskva shahridan Murmansk shahriga yol olgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti parvozdan 28 daqiqa otib Sheremetyevo aeroportiga shoshilinch tarzda qaytgan. Samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkinchi urinishda aeroportga qongan.

Qonish jarayonida samolyotning dvigateli alangalandi. Halokat oqibatida 41 kishi halok boldi.

Rossiya tergov qomitasi malumotlariga kora, halokat oqibatida samolyot bortida bolgan 78 kishidan 37 nafari, xususan besh nafar ekipaj azosidan tort nafari va 33 nafar yolovchi omon qolgan.

Hodisa qurbonlari oila azolariga va jabrlanuvchilarga tovon puli bugun, 7-maydan boshlab tolana boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-05-2019, 12:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -