» » Dehqonobodda 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan xotira maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dehqonobodda 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga barpo etilgan xotira maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yer maydoni 1 gektarni tashkil etuvchi xotira maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xotira maydonida shahrisabzlik haykaltarosh Shohrux O‘rozov qo‘li bilan yaratilgan Motamsaro ona haykali ham qad rostladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 6-yanvar kuni qurilishi boshlangan xotira maydoni Dehqonobod Kaliy zavodi va tuman hokimligining 1 milliard 23 million so‘m mablag‘i evaziga 3 oy davomida qurib bitkazilgan.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev dehqonobodliklarni Xotira va qadrlash kuni arafasida ochilgan xotira maydonining ochilishi bilan chin dildan qutlab, ayni kunda keksalik gashtini surayotgan 4 nafar dehqonobodlik otaxonlarga Prezident sovg‘asi 7,5 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alarni topshirdi.

— Mana shunday e’zozda yashayotganimiz uchun avvalo yurtboshimizga ming rahmat, — deydi 17 nafar farzandning otasi 97 yoshli urush qatnashchisi Abdulhakim bobo Jabborov. – Kim o‘ylabdi bunday qadr topamiz deb. Men va 5 nafar qishloqdoshim 1943-yil yanvar oyida urushga ketgandik. 1948-yil men urushdan qaytdim. Biz ko‘rmagan qiyinchilik va mashaqqat qolmadi hisob. Shuning uchun ham bugungi tinch va osoyishta hayotimizga shukronalar aytamiz.

Dehqonobod tuman hokimligining ma’lumot berishicha, Ikkinchi jahon urushiga tumandan 2767 nafar kishi ketgan bo‘lib, shundan 2119 nafari qaytmagan.

— Yangi ochilgan Xotira maydoni va unda qad rostlagan Motamsaro ona haykali siymosida urushga ketib, qaytib kelmagan 2119 nafar yurtdoshlarimizning onaizorlari siymosi gavdalangan, — deydi tuman hokimi Zoir Aliqulov. – Vatan uchun jonini fido qilgan ana shunday yurtdoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularni har doim yodda saqlashimiz lozimligini farzandlarimiz ongiga singdirib borishimiz kerak. Shubhasiz bu — bugungi kun talabi.

Tadbir so‘ngida viloyat musiqali drama teatri aktyorlari ishtirokida Ikkinchi jahon urushining tahlikali damlari sahnalashtirildi.

Tadbirdan so‘ng tuman hokimligi vakillari tadbirda ishtirok etolmagan “Nodira” mahalla “Alpomish” ko‘chasida yashovchi 93 yoshli urush qatnashchisi Inat Sharipov xonadonida ham bo‘lib, Prezident nomidan topshirilgan 7,5 million so‘m pul mukofoti va sovg‘a-salomlarini topshirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют