» » Andijon mashinasozlik institutida yangi xalqaro fakultet tashkil etiladi

Andijon mashinasozlik institutida yangi xalqaro fakultet tashkil etiladi


Andijon mashinasozlik institutida “Bir makon - bir yo‘l” loyihasida ishtirok etuvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yuqori malakali muhandis kadrlarni tayyorlab beruvchi “Zamonaviy muhandislik” (Modern Engineering School) xalqaro fakulteti tashkil etiladi. Bu haqda “Daryo”ga institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Institut matbuot va axborot xizmati rahbari Hayrullo Vasiyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida institut rektori O‘ktam Salomov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro talablar asosida xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda ta’lim tizimini joriy qilish va sifatini oshirishda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning aprel oyida rasmiy tashrif bilan Xitoyning Pekin va Tianjin shaharlarida bo‘lib qaytgan.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Shimoliy Xitoy texnologiya universitetining boshqaruv raisi janob Zeng Ventam va vitse-prezidenti Shen Zili xonim bilan uchrashgan. Unda amaldagi qo‘shma ta’lim dasturi, uning amaliyotga joriy etilishi va ikki tomon manfaatlarini inobatga olgan holda kelajakdagi bajarilish kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashilgan va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va ikki tomonlama ta’lim tizimini joriy etish maqsadida “Bir makon - bir yo‘l” loyihasida ishtirok etuvchi Markaziy Osiyo davlatlari uchun yuqori malakali muxandis kadrlarni tayyorlab beruvchi ikkila oliy ta’lim muassasalari qoshida “Zamonaviy muhandislik” (Modern Engineering School) fakultetini tashkil etishga kelishib olingan.

“Fakultetni ochishdan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim tizimi yutuqlarini uyg‘unlashtirish va xalqaro talabga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat bo‘ladi, — deydi institut rektori O‘ktam Salomov. – Fakultetga kelishuvga muvofiq bakalavriatning to‘rtta mashinasozlik texnologiyasi, mexatronika va robototexnika, sun’iy intellektual tizimlar va  elektron axborot muxandisligi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha har yili 100 tadan talaba qabul qilinadi va ular 2+2, 3+1, 1+3, 4+0 modellari asosida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shimoliy Xitoy texnologiya universitetida kamida bir yil o‘qigan talabalar ikki tomonlama diplom sohibi bo‘ladilar”.

Shuningdek, yangi fakultetda magistraturaning “Mashinasozlik texnologiyasi”, “Mexatronika va robototexnika”, va  “Elektron axborot muhandisligi” ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha har yili 30 tadan magistr 1+1 modeli (birinchi yil Shimoliy Xitoy texnologiyalari universitetida, ikkinchi yil Andijon mashinasozlik institutida) asosida tahsil olish imkoniyati yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют