» » Andijon mashinasozlik instituti 60 ming dollar miqdoridagi xalqaro grant golibi boldi

Andijon mashinasozlik instituti 60 ming dollar miqdoridagi xalqaro grant golibi boldi


Andijon mashinasozlik institutining Ozbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat talim yonalishini innovatsion goyalar va raqamli texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish mavzusidagi loyihasi Ozbekiston Oliy va orta maxsus talim vazirligining Akademik innovatsiyalar fondi Granti tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, goliblar qatoridan joy egalladi. Bu haqda instituti matbuot xizmati rahbari Xayrullo Vasiyev Daryoga xabar bermoqda.

Institut rektori Oktam Salomovning aytishicha, loyihaning umumiy miqdori 60 ming AQSh dollarini tashkil etadi va u Jahon banki tomonidan Oliy talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash loyihasi doirasida moliyalashtiriladi.

Loyihani amalga oshirish ishlari joriy yilning mart oyidan Mexatronika va robototexnika yonalishi boyicha jahonning yetakchi Oliy talim muassasalari va GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati hamkorligida boshlab yuborilgan bolib, davomiyligi 16 oy muddatga belgilangan. Loyiha koordinatori etib Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kafedrasi mudiri, dotsent Y.Qurbonov, ishchi guruh tarkibiga institut pedagoglari J.Raxmatullayev, O.Parpiyev va F.Dumaxonovlar kiritilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi Ozbekistonda zamonaviy texnologik muammolarni (sanoat 4.0) hal qila oladigan yangi avlod muhandislarini innovatsion talim asosida tayyorlash boyicha oquv dasturlarini ishlab chiqish va modernizatsiya qilishdan iborat.

Loyiha davomida Sankt-Peterburg politexnika va Shimoliy Xitoy texnologiyalar universitetlarida institut professor-oqituvchilarining malakasini oshirish, oquv va ilmiy laboratoriyalarini yaratish, yaqin istiqboldagi sohalarni rivojlanishini inobatga olgan holda Forsayt - mexatronika markazini yaratish, ayol tadqiqotchilarni qollab-quvvatlash, veb-sayt yaratish kabi ishlarni amalga oshirilishi kozda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-04-2019, 14:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -