» » APLda aprel oyining eng yaxshi murabbiyi ma’lum bo‘ldi

APLda aprel oyining eng yaxshi murabbiyi ma’lum bo‘ldi


Angliya Premyer ligasida aprel oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Ushbu nomga “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola loyiq deb topildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida e’lon qilindi.

48 yoshli ispaniyalik 3 oy ichida chempionatda 2-bor, faoliyati davomida 7-marotaba ushbu sovringa ega chiqdi.

“Manchester Siti” aprel oyida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda atigi bir marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi (3:1).

Gvardiola bu yo‘lda Yurgen Klopp (“Liverpul”), Skott Parker (“Fulhem”) va Nunu Eshpiritu Santuni (“Vulverhempton”) ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, “mankunianlar” Angliya chempionati tugashiga bir tur qolganda 95 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 2-o‘rinda borayotgan “Liverpul” hisobida esa 94 ochko mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют