» » Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi belgilandi

Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi belgilandi


Hukumat qarori bilan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot”.

Nizomga muvofiq, litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilinadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tiladi.

So‘rovnoma to‘ldiriladi hamda unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Davlat xizmatlarini ko‘rsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida yig‘im undiriladi. So‘rovnoma to‘ldirilganidan so‘ng Davlat xizmatlari markazlari bir soatda uni Qurilish vazirligiga yuboradi.

Qurilish vazirligi so‘rovnoma tushganidan boshlab 7 ish kunida litsenziya berish uchun hisobvaraq-fakturani litsenziya berishning davlat bojini ko‘rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.

Talabgor bir oyda davlat bojini to‘lashi lozim.

Qurilish vazirligi davlat boji to‘langanidan so‘ng bir ish kunida litsenziyani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki YaIDXP orqali talabgorga yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi litsenziya tushganidan so‘ng 10 minutda uni talabgorga yuboradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют