» » Andijonda ikki erkakning nardi o‘yini qotillik bilan yakunlandi

Andijonda ikki erkakning nardi o‘yini qotillik bilan yakunlandi


6-may kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida qotillik sodir etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 21:40 larda Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.U tanishi S.U bilan narda o‘yini o‘ynayotgan edi. Shu payt ular o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. So‘ng S.Uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinaga o‘tirishib, ko‘p masofa yurmasdan, avtomashina ichida o‘zaro janjalni davom ettirib, S.U avtomashinani to‘xtatganida, A.U avtomashinadan tushib S.Uni urgan vaqtida, u avtomashinasidagi pichoq bilan A.Uning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.Uga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют