» » Rashkchi er Denovdagi “Chorsu” savdo majmuasida xotinini pichoqlab qo‘ydi

Rashkchi er Denovdagi “Chorsu” savdo majmuasida xotinini pichoqlab qo‘ydi


2018-yil 21-sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi “Chorsu” savdo majmuasida qotillik sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu kuni soat 11:30 larda Denov shahri, E.G‘oziyev ko‘chasida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan J.A. turmush o‘rtog‘i, 1989-yilda tug‘ilgan Z.D. bilan savdo majmuasida rashk tufayli o‘zaro janjallashib, pichoq bilan uning qorin qismiga urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют