» » Bo‘kada aka o‘z singlisiga pichoq urdi

Bo‘kada aka o‘z singlisiga pichoq urdi


Bo‘ka tumanida 1986-yilda tug‘ilgan yigit 1989-yilda tug‘ilgan singlisiga pichoq urdi. Bu haqda, Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, 13-noyabr kuni soat taxminan 21:00 da aka uyda singlisi bilan janjallashib qolib, uning qorin qismiga bir marta osh pichog‘i bilan urgan hamda unga tan jarohati yetkazgan.

Hodisadan so‘ng singil shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq ayni vaqtda uning hayoti xavf ostida emas va ahvoli qoniqarli.

Viloyat IIBning qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют