» » Yangiyo‘lda 22 yoshli yigit o‘zidan 15 yosh katta shar’iy turmush o‘rtog‘ini pichoqladi

Yangiyo‘lda 22 yoshli yigit o‘zidan 15 yosh katta shar’iy turmush o‘rtog‘ini pichoqladi


22-aprel kuni soat 00:30 larda Yangiyo‘l shahar Baxt mahallasida yashovchi yollanma ishchi, 1996-yilda tug‘ilgan I.Z uyida shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, 1981-yilda tug‘ilgan D.V bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida er qasddan xotinini o‘ng tomon qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol tan jarohati olib shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Hodisa joyidan oshxona pichog‘i, jabrlanuvchining egnidagi kiyimlari va qonga o‘xshash dog‘lar olingan.

Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan aybdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют