» » Angrenda g‘azalkentlik erkak rashk oqibatida shar’iy turmush o‘rtog‘iga pichoq urdi

Angrenda g‘azalkentlik erkak rashk oqibatida shar’iy turmush o‘rtog‘iga pichoq urdi


30-yanvar kuni soat 21:30 da Bo‘stonliq tuman G‘azalkent shahrida yashovchi yollanma ishchi 1981-yilda tug‘ilgan I.N mast holda shar’iy turmush o‘rtog‘i Angren shahar Dukent qo‘rg‘onida yashovchi uy bekasi 1978-yilda tug‘ilgan O.Dning uyiga kirish eshigini buzish yo‘li bilan kirib, uni shu shaharda yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan R.A bilan birga ko‘radi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Shundan so‘ng I.N va R.A o‘zaro janjallashib qolishi oqibatida I.N oshxona pichog‘i bilan O.Dning tanasiga pichoq bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Angren shahar markaziy shifoxonasining xulosasiga ko‘ra, O.Dga sanchilib-kesilgan tan jarohati va mastlik holati tashxisi qo‘yilgan.

Daliliy ashyo sifatida oshxona pichog‘i va O.Dning qon dog‘lari bo‘lgan kiyimlari olinib I.N IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 110) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют